🌍 Jahonning ko‘pgina mamlakatlarida 2-aprel sanasi Xalqaro bolalar kitoblari kuni sifatida nishonlanadi.
📖 1967-yilda Xalqaro bolalar kitoblari kengashi ushbu sanani bolalar kitoblari kuni sifatida belgiladi.
✨ Bu sana mashhur daniyalik ertakchi yozuvchi, bolalar adabiyotining buyuk namoyandasi Xans Kristian Andersen (1805-1875) tavallud topgan kun bilan bog‘liq.
📚 Bolalar uchun kitob o‘qish — ularning dunyoqarashini kengaytirish, tasavvurini boyitish va ta’lim olishda muhim qadamdir!
📖 Farzandlaringiz va o‘quvchilaringizni bu kun munosabati bilan yangi kitob o‘qishga ilhomlantiring!




