Uchrashuv Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamkorligida tashkil etildi. Tadbirda akademiyaning Islomshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari Ramzjon Isakdjonov ma’naviy boylik, ilm va tafakkur orqali jaholatga qarshi kurashishning dolzarbligini ta’kidladi.
XNU Yoshlar bilan ishlash va ma'naviyat ishlari bo‘yicha departamenti boshlig‘i Najmiddin Qodirov moderatorligida o‘tgan tadbirda universitet prorektori va ijtimoiy-maʼnaviy muhit barqarorligini taʼminlash boʻyicha rektor maslahatchisi yoshlar bilan inson qadri, huquqlari, bag‘rikenglik, vatanparvarlik kabi muhim mavzular bo‘yicha ochiq muloqot olib bordilar.
“Inson qadri va huquqlarining ustuvorligi — taraqqiyot poydevori” g‘oyasi asosida talaba-yoshlar o‘zaro munosabatlarda barchaga hurmat bilan yondashishga chorlandi.
Maʼruzalarda, shuningdek islom dini tinchlik, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat g‘oyalariga asoslanganligi, jaholat va mutaassiblikka qarshi eng maqbul qurol ilm va maʼrifat ekanligi taʼkidlandi.




