Xalqaro Nordik universiteti Pedagogika kafedrasi dotsenti Sitorabonu Shomurodova Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligiga bag‘ishlab Milliy tiklanish demokratik partiyasi tomonidan tashkil etilgan “G‘azalxonlar bahsi”da yuksak mahorati, nafis talqini va g‘azalxonligi bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Qizg‘in mushoira nafaqat hakamlar, barcha tinglovchilar qalbini ham ilhomga to‘ldirdi. Chunki haqiqiy ustoz faqat dars bermaydi, qalb tarbiyalaydi, adabiyotga oshno qiladi.
Nordikda bugun Navoiy nafasi bor. Navoiy g‘azallari jarangi bor. Navoiyshunos-g‘azalxon ustozlar, talabalar bor. Shu bois Nordikda g‘alaba ham bor!
👏 Ustozimiz bilan faxrlanamiz!










