Bayram davomida milliy kuy-qo‘shiqlar jaranglab, sahnada rang-barang, mazmunli va badiiy chiqishlar namoyish etildi. Har bir chiqish o‘ziga xos ruh, nozik did va yuksak iste’dod uyg‘unligida tomoshabinlar qalbidan chuqur joy oldi.
Talabalarning ijodiy yondashuvi, sahnadagi ishonch va jo‘shqinligi, turli shartlarga qo‘l mehnati, did va mahorat uyg‘unligidagi yechimlari ustozlar tomonidan ijobiy baholandi.
G‘oliblar nomlari e’tirof etildi:
🥇 Eng mahoratli ishtirokchi — Oydinoy Alimbayeva (1-MXT-25)
🥇 Eng epchil ishtirokchi — Mo‘tabar Norqobilova (2-MXT-25)
🥇 Eng shijoatli ishtirokchi — Shahzoda Turg‘unova (3-MXT-25).
Bu unutilmas ayyom qalblarni yaqinlashtirib, mehr-oqibat va birlik tuyg‘ularini yanada mustahkamladi. Samimiy tabassumlar, iliq muhit, bahoriy taomlar esa bayramga o‘zgacha tarovat bag‘ishladi.










