“Xalq so‘zi” gazetasining yangi sonida aynan shu masala atrofida tahlillar bayon qilingan. Xalqaro Nordik universiteti prorektori, professor Muhammadsidiq Amonboyev muallifligidagi maqolada texnologik taraqqiyot fonida inson omili, qaror qabul qilish mas’uliyati va axloqiy yondashuv masalalari chuqur tahlil qilingan.
Maqolada AI va raqamli texnologiyalarning jamiyatga va barcha sohalar, jumladan oliy taʼlim tizimiga ta’siri, boshqaruvda inson tafakkurining o‘rni,
texnologiyani maqsadga muvofiq yo‘naltirish yoritilgan. Faqat texnologiya haqida emas — kelajakni kim va qanday boshqarishi haqidagi prognozlar berilgan.
Ushbu tahliliy maqolani “Xalq so‘zi”ning 4-fevraldagi sahifalarida batafsil o‘qish mumkin.




