Uchrashuv Slovakiya Respublikasining O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Viktor Borecký mezbonligida tashkil etildi.
Muzokaralarda Bratislava Iqtisodiyot va menejment universiteti (BUEM) vakillari — xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor, dr. Martin Kovač va xalqaro aloqalar bo‘limi direktori dr. Radka Straková ishtirok etdilar.
Suhbat davomida O‘zbekiston va Slovakiya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Tomonlar talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, qo‘shma ta’lim dasturlari va double degree loyihalari, yozgi maktablar hamda qisqa muddatli treninglar yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdilar.
Mazkur uchrashuv ikki davlat va universitetlar o‘rtasida ta’lim diplomatiyasini yangi bosqichga olib chiqish, akademik integratsiyani kuchaytirish va yoshlar uchun xalqaro imkoniyatlarni kengaytirishda muhim qadamlardan biri bo‘ldi.




