Universitet — texnopark — startap ekotizimi: talabalar uchun laboratoriyadan biznesgacha

Universitet — texnopark — startap ekotizimi: talabalar uchun laboratoriyadan biznesgacha

June 05 , 2026

|

1686

Xalqaro Nordik universiteti rahbariyati va talabalari Innovatsion ofis hamda O‘zbekistondagi eng yirik texnoparklardan biri — “INNO Texnopark” faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Innovatsion o‘quv-ishlab chiqarish texnoparkiga tashrif davomida loyihalar va g‘oyalarni amalga oshirish va rivojlantirish uchun yaratilgan barcha sharoitlar ko‘zdan kechirildi. Yuqori texnologiyali mashina va uskunalar bilan jihozlangan ishlab chiqarish, ofis va kovorking, VR zonalari, biotexnologik va standartlashtirish laboratoriyalari, mashhur jahon brendlari KUKA va FANUC sanoat robotlari bilan jihozlangan elektronika va robototexnika zonalarida innovatsion infratuzilma bilan tanishildi.


Quvonchlisi, Nordik universitetining “Bo‘lajak olim” ilmiy g‘oyalar tanlovi g‘oliblariga Sertifikatlar topshirildi, "Mirzo Ulug‘bek vorislari" respublika tanlovi g‘olibi bo‘lgan talabamizga vaucher taqdim etildi.


Tashrif natijasida Xalqaro Nordik universiteti va “INNO" texnopark shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash ofisi rahbariyatlari o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.


Bugungi kunda zamonaviy universitetlarning muvaffaqiyati faqat auditoriyadagi ta’lim bilan emas, balki ilm-fan, innovatsiya va ishlab chiqarish integratsiyasi bilan baholanadi. Imzolangan memorandumlarda aynan shu jihatlarga ahamiyat qaratildi.


Talabalar texnopark laboratoriyalari, robototexnika markazlari, zamonaviy texnik bazalar va ishlab chiqarish maydonlarida amaliyot hamda stajirovka o‘tash imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu orqali real kasbiy tajriba uchun ta’lim olish modeli yanada shakllantiriladi.


Hamkorlik doirasida sun’iy intellekt, robototexnika, 3D modellashtirish, dasturlash va innovatsion muhandislik yo‘nalishlarida qo‘shma loyihalar amalga oshiriladi. Bu esa Nordik talabalarining mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan kompetensiyalarni kengroq egallashiga xizmat qiladi.


Shuningdek, “g‘oya–tadqiqot–prototip–startap–mahsulot” zanjiri talabalarning innovatsion fikrlarini real biznes va texnologik mahsulotga aylantirish imkoniyatini yaratadi. Bu esa oddiy loyihagina emas, kelajakdagi texnologik kompaniyalar uchun poydevor vazifasini bajaradi.


Kelgusida grant loyihalari, xalqaro dasturlar, xakatonlar, tanlovlar va ilmiy tashabbuslarda hamkorlikda ishtirok etishga kelishildi. Nordik talabalari uchun nafaqat mahalliy, balki xalqaro innovatsion maydonga chiqish imkoniyatlarini kengaytirish uchun muhim kelishuvlarga erishildi.


Hamkorlik maqsadlarida patentlar, foydali modellar, innovatsion mahsulotlar yaratish hamda ularni amaliyotga joriy etish va tijoratlashtirish mexanizmlari ham nazarda tutilib, kelgusida talabalar va yosh tadqiqotchilarning ilmiy ishlanmalari iqtisodiy qiymat kasb etishiga asos qo‘yildi.


Mazkur hamkorliklar Nordik universitetining ta’lim modelini yangi bosqichga olib chiqadi. Endilikda talabalar uchun faqat bilim oluvchi emas, ilmiy tadqiqotchi, startap asoschisi, innovator va texnologik loyihalar ishtirokchisiga aylanish imkoniyati yanada kengayadi.

photo-2026-06-05-07-49-41
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-07-49-42-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-07-49-42
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-07-49-43-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-07-49-43-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-08-44-07
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-07-49-43
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-08-44-04
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-08-44-05-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-08-44-05-3
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-07-49-44-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-08-44-06
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-07-49-44
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-08-44-06-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-08-44-08
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-08-44-08-2
Ko‘rib chiqish
photo-2026-06-05-07-49-45
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Nordik va Xushnudbek: taʼlim, media va yoshlar manfaatlari yo‘lida hamkorlik

Nordik va Xushnudbek: taʼlim, media va yoshlar manfaatlari yo‘lida hamkorlik

Bugungi kunda yoshlar taʼlimni nafaqat auditoriyada, balki raqamli platformalar, ochiq bilim manbalari va ishonchli axborot orqali ham tanlayapti. Shu nuqtai nazardan uchrashuv davomida zamonaviy taʼlim muhitini rivojlantirish, taʼlim platformalarini takomillashtirish, yoshlar uchun foydali taʼlim va media loyihalarni yaratish hamda bilimni ommalashtirishga qaratilgan istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Xushnudbek Xudoyberdiyev yillar davomida abituriyentlar, talabalar va keng jamoatchilikka oliy taʼlim, qonunchilik hamda ijtimoiy masalalar bo‘yicha tezkor va ishonchli maʼlumot yetkazib kelmoqda. Uning faoliyati yoshlarning to‘g‘ri qaror qabul qilishi, taʼlim imkoniyatlaridan xabardor bo‘lishi va huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Nordik universiteti esa sunʼiy intellekt, raqamli ta'lim va xalqaro tajribalarni uyg‘unlashtirgan innovatsion taʼlim muhitini rivojlantirishni o‘zining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettirmoqda.

Ushbu uchrashuvda taʼlim sifatini oshirish, ochiq muloqotlarni kuchaytirish va yoshlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi.

Taʼlim orqali xavfsiz jamiyat: Nordik va UNODC — umumiy maqsad yo‘lida

Taʼlim orqali xavfsiz jamiyat: Nordik va UNODC — umumiy maqsad yo‘lida

BMT Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo‘yicha boshqarmasi (UNODC)ning Afg‘oniston, Markaziy Osiyo, Eron va Pokiston bo‘yicha mintaqaviy vakili Oliver Stolpe va Nordik rahbariyati o‘rtasida muhim uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida janob Stolpe UNODCning giyohvand moddalar savdosi, transmilliy jinoyatchilik, korrupsiya va boshqa zamonaviy tahdidlarga qarshi kurashdagi xalqaro tajribasi haqida keng maʼlumot berdi. Bugungi kunda giyohvandlik va transmilliy jinoyatchilikka qarshi kurash taʼlim, maʼrifat va profilaktika orqali samarali natija berayotganini eʼtirof etdi.

Universitet rahbariyati esa Nordikning taʼlim, innovatsiya va biznesni birlashtirgan zamonaviy hub sifatidagi faoliyatini taqdim etdi.

Muloqotning asosiy mavzusi yoshlarni zararli illatlardan asrashga qaratildi. Tomonlar talaba-yoshlar o‘rtasida giyohvandlikka qarshi immunitetni yanada kuchaytirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish, maʼrifiy kampaniyalar va qo‘shma ijtimoiy loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida 2026-yil sentyabr oyida navbatdagi amaliy uchrashuvni o‘tkazish hamda talabalar uchun qo‘shma profilaktik va maʼrifiy loyihalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishga kirishish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Nordikdan innovatsion platforma: ilmiy kengashning yangi modeli — AI professorlar

Nordikdan innovatsion platforma: ilmiy kengashning yangi modeli — AI professorlar

Dissertatsiya ishlarini sun'iy intellekt ekspert kabi tahlil qilishi mumkinmi?

Metodologik xatolarni himoyagacha aniqlashning iloji bormi?

AI ilmiy kengash faoliyatini yanada shaffof va sifatli tashkil etishga qanchalik xizmat qila oladi?


Taqdimot davomida ushbu savollarga mualliflar tomonidan batafsil javoblar berildi. Sun'iy intellekt asosida yaratilgan AI professorlar ishtirokidagi ilmiy kengash simulyatsiyasi amalda namoyish etildi. Platformada dissertatsiyalarni ekspertlar darajasida tahlil qilish, ilmiy va metodologik kamchiliklarni erta bosqichda aniqlash hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish imkoniyatlari mavjudligi ko‘rsatib berildi.

Muhokamalar davomida sun'iy intellekt ilmiy rahbar yoki ekspertning o‘rnini egallashi emas, balki ularning qaror qabul qilish jarayonini aniq tahlillar va tezkor tavsiyalar bilan qo‘llab-quvvatlovchi vosita ekani alohida ta'kidlandi.

Bu esa ilmiy izlanishlar sifati, dissertatsiyalarni tayyorlash va himoya jarayonlarini yangi bosqichga olib chiqish uchun muhim qadam sifatida baholandi.

Mazkur platforma ilmiy rahbarlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar hamda ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanayotgan barcha tadqiqotchilar uchun amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ilm-fanda raqamli transformatsiya va sun'iy intellekt imkoniyatlarini keng joriy etish yo‘lidagi navbatdagi innovatsion yechimlardan biridir.

Nyu-Jersidagi AI markazidan taassurotlar

Nyu-Jersidagi AI markazidan taassurotlar

— Markazning asosiy vazifasi universitetlar, tadqiqotchilar va innovatorlarning istiqbolli g‘oyalarini bir platformada jamlash, ularni muvofiqlashtirish hamda tayyor mahsulot va biznesgacha olib borishda har tomonlama ko‘maklashishdan iborat.

Bu yerda kovorking maydonlari, mentorlik dasturlari, texnologik ekspertiza, investorlar bilan hamkorlik va tijoratlashtirish mexanizmlari yagona tizim sifatida ishlaydi. Natijada g‘oyalar xalqaro bozorda raqobatlasha oladigan innovatsion mahsulotga aylantiriladi, —
deydi delegatsiya rahbari, Nordik prorektori Odil Qo‘ysinov. — Bunday tajribalar sun’iy intellekt sohasida ta’lim, ilm-fan va biznes hamkorligini mustahkamlash, innovatorlarni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi texnologik yechimlarni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Princeton university hamkorligida faoliyat yuritayotgan ushbu innovatsion markazda ishtirokchilar AIni boshqarish va innovatsiyalarni tijoratlashtirish mexanizmlari, zamonaviy data centerlar faoliyati hamda ularning sun’iy intellekt rivojidagi ahamiyati bilan tanishdilar. AI infratuzilmasini boshqarish bo‘yicha interaktiv va rolli mashg‘ulotlarda universitet, sanoat va davlat hamkorligining samarali modellarini amaliy misollar orqali o‘rgandilar.

Mazkur AI bo‘yicha xalqaro malaka oshirish kursi xorijiy ilg‘or tajribalarni o‘rganish, ularni O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish va sun’iy intellekt sohasida yangi liderlarni tayyorlashga xizmat qilmoqda.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish