“Nordic” ta’lim jarayonini boshqarish platformasi davlat reyestriga kiritildi!

“Nordic” ta’lim jarayonini boshqarish platformasi davlat reyestriga kiritildi!

March 10 , 2023

|

2014

XNUning “Nordic” ta’lim boshqarish platformasi davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

🎓 Xalqaro Nordik Universitetining ta’lim jarayonini boshqarish platformasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat personallashtirish markazi tomonidan Shaxsga doir ma’lumotlar bazalarining davlat reyestrida ro‘yxatdan o‘tkazildi.

✅ Ushbu ro‘yxatdan o‘tish natijasida XNU quyidagi huquqlarga ega bo‘ldi:

🔹 Shaxsga doir ma’lumotlar sub’yekti sifatida qonuniy ishlash

🔹 Ma’lumotlar xavfsizligini ta’minlash

🔹 Raqamli ta’lim jarayonlarini yanada takomillashtirish

💡 Bu bosqich XNUning raqamli ta’lim sohasidagi yetakchilik pozitsiyasini mustahkamlashga xizmat qiladi!