Xalqaro Nordik universiteti Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Xalqaro Nordik universiteti Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

February 15 , 2023

|

1951

XNU Kengashining yig‘ilishida dolzarb masalalar muhokama qilindi.

📌 Universitet Kengashi yig‘ilishi kun tartibida o‘nga yaqin dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.

🎓 Muhokama qilingan asosiy mavzular:

✅ 21-fevral kuni o‘tkaziladigan "Finlyandiya ta’lim kechasi"ga tayyorgarlik masalalari

✅ Finlyandiya Respublikasi Taraqqiyot bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va tashqi savdo vaziri Villi Skinarri hamda Finlyandiyaning O‘zbekistondagi elchisi Ilkka Raysenyanga XNUning "Faxriy doktori" ilmiy darajasini berish masalasi

✅ Kareliya amaliy fanlar universiteti bilan tuzilgan ikki tomonlama bitim va uning ijrosi

✅ Talabalarning yozma nutqini rivojlantirishning innovatsion usullari va mexanizmlari

✅ Professor-o‘qituvchilarning xalqaro va respublika ilmiy loyihalarida ishtirok etish tizimini takomillashtirish

📜 Kengash tomonidan ustuvor masalalar bo‘yicha tegishli qarorlar qabul qilinmoqda.

Xalqaro Nordik universiteti Kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda - Xalqaro Nordik Universiteti