XNUda - "Finlyandiya ta'lim kechasi" o‘tkazildi

XNUda - "Finlyandiya ta'lim kechasi" o‘tkazildi

February 21 , 2023

|

1747

XNUda "Finlyandiya ta’lim kechasi" o‘tkazilib, yirik fin kompaniyalari va davlat vakillari ishtirok etdi.

🎓 Xalqaro Nordik universitetining Kareliya konferensiya zalida "Finlyandiya ta’lim kechasi" bo‘lib o‘tdi.

🌍 Tadbirga Finlyandiyadan 50 nafar nufuzli mehmonlar tashrif buyurdi, jumladan:

✅ Finlyandiya Respublikasi Taraqqiyot bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirish va tashqi savdo vaziri Ville Skinnari

✅ Finlyandiyaning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ilkka Raysenyan

✅ Kareliya amaliy fanlar universiteti Prezidenti Petri Rayvo

✅ Yirik fin kompaniyalari rahbarlari

🤝 Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, idoralari, xalqaro tashkilotlar va diplomatik korpus vakillari ishtirok etdilar.