Ijtimoiy fanlar va Jurnalistika kafedrasi

Kafedralar

Ijtimoiy fanlar va Jurnalistika kafedrasi

6 xodim

Vazifalari

Xalqaro Nordik universiteti "Ijtimoiy fanlar va Jurnalistika" kafedrasi

Xalqaro Nordik universiteti tarkibidagi "Ijtimoiy fanlar va Jurnalistika" kafedrasi 2024-yil 22-aprel kuni tashkil etilgan. Kafedra faoliyati oʻquv, oʻquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot ishlarini, ustoz-shogirdlik anʼanalarini, shuningdek ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy yoʻnalishdagi ishlarni oʻz ichiga qamrab oladi.

Bugungi kunda kafedrada 14 nafar professor-oʻqituvchi va 1 nafar oʻquv-yordamchi xodim faoliyat yuritmoqda.

Maqsad va vazifalar

Kafedraning ustuvor maqsadi — raqobatbardosh, yuqori salohiyatga ega kadrlar tayyorlash, jamiyat talab qiladigan iqtidorli mutaxassislarni voyaga yetkazish hamda ijtimoiy-gumanitar va huquqiy fanlar sohasidagi eng soʻnggi yutuqlarni oʻquv jarayoniga tatbiq etishdir.

Taʼlim dasturlari

Bakalavriat bosqichi:

  1. Tarix – 60220300

  2. Jurnalistika – 60320100

  3. Yurisprudensiya – 60420100

Magistratura bosqichi:

  1. Tarix – 70220301

  2. Jurnalistika – 70320101

Xalqaro hamkorlik

Jurnalistika yoʻnalishi talabalari uchun UzReport va Xalqaro Nordik Universiteti hamkorligida dual taʼlim dasturi yoʻlga qoʻyilgan. Ushbu loyiha talabalarga zamonaviy jurnalistika va media sohasida chuqur bilim olish bilan birga, xalqaro miqyosda raqobatbardosh mutaxassis sifatida shakllanish imkoniyatini yaratadi.

Yurisprudensiya yoʻnalishining qoʻshilishi bilan kafedra endi nafaqat tarix va jurnalistika, balki huquqshunoslik sohasida ham malakali kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi — bu esa kafedraning ijtimoiy-gumanitar taʼlim tizimidagi oʻrnini yanada mustahkamlaydi va talabalarga kengroq kasbiy tanlov imkoniyatini taqdim etadi.

Xodimlar

Qodirov Najmiddin Ne'matovich

Kafedra mudiri

Qodirov Najmiddin Ne'matovich

Qodirov Najmiddin Ne'matovich Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida kafedra mudiri, prorektor lavozimlarida ishlagan. 50 dan ortiq ilmiy maqola va ilmiy-uslubiy ishlar, jumladan 1 ta darslik, 5 ta oʻquv qoʻllanma, 2 ta oʻquv-uslubiy qoʻllanma, 3 ta monografiya muallifi. “Oʻzbekiston tarixi”, “Falsafa”, “Oʻzbekistonning korrupsiyaga qarshi kurash strategiyasi”, “Biznes huquqi”, “Global siyosat, migratsiya va notekis rivojlanish”, “Xalqaro siyosat va global xavfsizlik” kabi darslik va oʻquv qoʻllanmalaridan talabalar keng foydalanmoqda.Tadqiqot sohalari: XIX asrda Turkistonda taʼlim tizimi, Mustaqillik davrida yoshlar ijtimoiy faolligini oshirish va fuqarolik jamiyati institutlari faoliyati.

Artikova Yulduz Akmalovna

DSc , professor

Artikova Yulduz Akmalovna

Artikova Yulduz Akmalovna — Filologiya fanlari doktori (DSc) professor. Yigirma yil davomida O‘zbekiston Milliy Teleradiokompaniyasi telekanallarida katta muharrir sifatida faoliyat yuritgan. Tayyorlagan mualliflik ko‘rsatuvlari "MTRK sovrini", "Yilning faol jurnalisti" tanlovlarida sovrindor bo‘lgan. Yuzdan oshiq ilmiy va publisistik maqolalari nufuzli nashrlarda chop etilgan. Ikkita monografiya, bitta darslik va to‘rtta o‘quv qo‘llanmalarining muallifi. "Milliy identivlik va OAV" "Interaktiv jurnalistika", "Sport jurnalistikasi", "Jurnalistikada kreativ fikrlash", "Rejissura, tasvirga olish va montaj amaliyoti" darslik va qo‘llanmalari sohadagi zamonaviy mavzularning tahlili bilan mutaxassislar e'tirofiga sazovor bo‘lgan.

Asqarova Jamila Baxodirovna

DSc , dotsent

Asqarova Jamila Baxodirovna

Asqarova Jamila Baxodirovna Filologiya fanlari doktori (DSc). "Respublika yosh olimlarining innovatsion loyihalari" grant tanlovi g‘olibi. 2 ta monografiya, 1 ta risola muallifi. Respublika va xorij ilmiy jurnallarida 50 dan ortiq maqolasi nashr qilingan. “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” nomli fundamental loyiha ishtirokchisi.

Pardayev Muxriddin Xusniddinovich

PhD, dotsent v.b.

Pardayev Muxriddin Xusniddinovich

Pardayev Muxriddin Xusniddinovich - tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD) dotsent v.b, O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Antropologiya institutida turli lavozimlarda ishlagan. 20 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi. Tarix, arxeologiya va madaniy meros sohalarida tadqiqotlar olib boradi.

Dadaxonov Azamjon Oltmishevich

Katta o'qituvchi

Dadaxonov Azamjon Oltmishevich

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro jurnalistika fakultetida, O’zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining “Media nazariyasi va amaliyoti” kafedrasida hamda Nordik xalqaro universiteti “Ijtimoiy fanlar va jurnalistika” kafedrasida jurnalistika fanlaridan dars berib, jurnalistlarni zamonaviy media, raqamli jurnalistika va media texnologiyalari bo‘yicha tayyorlashda faol ishtirok etib kelayotgan pedagog, tadqiqotchi va jurnalist. Uning hammualliflikda yaratilgan “Jahon jurnalistikasi tarixi” darsligi, “Jurnalistikada AKT” o’quv qo‘llanmasi, “Onlayn jurnalistikada yangi trendlar” (10 jildlik “Jurnalistika” kitoblari, VII jild) kitoblari bugungi kunda ham o’z ilmiy ahamiyatini yo’qotmagan. Shu davrga qadar 30dan ortiq ilmiy maqola va tezislar e’lon qilgan. Germaniyaning Mayns universitetida doktorlik (PhD) ishini himoya qilgan. Tadqiqot sohalari: jurnalistika ta’limi, media konvergensiyasi, raqamli va avtomatlashtirilgan jurnalistika hamda media va axborot savodxonligi.

Yuldashev Begzodjon Baxtiyorjon o'g'li

Ish yurituvchi

Yuldashev Begzodjon Baxtiyorjon o'g'li

Yuldashev Begzodjon Baxtiyorjon o'g'li 2023-yilda Qo'qon davlat pedagogika institutini bakalavr darajasi bilan tamomlagan. 2025-yilda Xalqaro Nordik universitetining Ta'lim Muassasalari Boshqaruvi yo'nalishi bo'yicha magistraturasini muvaffaqiyatli yakunlagan. Xalqaro Nordik universitetning 13.00.02 — Ta'lim-tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo'yicha tayanch doktoranturasida o'qimoqda. Ilmiy qiziqishlari ta'lim muassasalarini boshqarish, milliy g'oya va ma'naviyat asoslari ta'limiga qaratilgan. Rus va ingliz tillarini biladi. Kompyuter savodxonligi bo'yicha keng qamrovli bilimlarga ega. Shu bilan birga, 10 ga ilmiy maqola va tezislarni chop ettirgan. Maqsadi – ta'lim tizimining samaradorligini oshirish va zamonaviy boshqaruv usullarini tadbiq etish.