Mazkur departament universitetning Qabul komissiyasi tarkibini shakllantirish, bakalavriatning kunduzgi va sirtqi ta’lim shakllariga hamda magistratura mutaxassisliklariga talabalikka qabul qilish jarayonlarini sifatli tashkil qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, tiklash, universitetning respublikamiz va xalqaro miqyosda jozibadorligini oshirish kabi faoliyatlar bilan shug‘ullanadi.

Departament boshlig‘i
Madieva Zuxra Iskandarbekovna
Zamonaviy raqamli boshqaruv va CRM tizimlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy tajribaga ega. Bitrix24 va Nordic CRM platformalarida qabul jarayonlarini boshqarish, abituriyentlar bilan ishlash, biznes jarayonlarini avtomatlashtirish hamda raqamli xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha malakaga ega. Ilmiy faoliyati davomida 2 ta darslik, respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda 20 dan ortiq ilmiy maqola, shuningdek, respublika va xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyalarda 20 dan ortiq tezis muallifi hisoblanadi. iqtisodchi, qabul jarayonlarini boshqarish va raqamli ta’lim xizmatlarini tashkil etish yo‘nalishida tajribaga ega.




Nordicni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring