Talabalar zamonaviy moliyaviy texnologiyalar, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi va iqtisodiy samaradorlik masalalarini faol muhokama qilib, o‘z pozitsiyalarini himoya qildilar.
“TASDIQ” va “INKOR” jamoalari mavzuga turlicha yondashib, hayotiy misollar, xalqaro tajriba hamda mantiqiy tahlillar orqali erkin fikr bildirish ko‘nikmalarini namoyon etishdi.






