Nordik universiteti Ma'lumotlar ilmi (data science) magistratura mutaxassisligining 3 nafar talabasiga o‘qishning 2-semestrini Amerikada davom ettirish imkoniyati yaratilmoqda.
Amerikaning Lawrence Texnological universityda taʼlim uchun yo‘l oldidan rektor Sherzod Mustafakulov talabalar va ularning ota-onalari bilan suhbatlashdi. Amerikada yashash va taʼlim olish borasida ularga zarur tavsiyalar berdi.
Oldinda talabalarimizni Amerikada bir asrga yaqin tajribaga ega, 2025-yilda eng yaxshi universitetlar mintaqaviy reytingida 54-o‘rinni egallagan nufuzli oliygohda zamonaviy dasturlar bo‘yicha o‘qish kutmoqda!




