❓SAVOL: Qishki qabulda bakalavriat ta'lim yo‘nalishlarida kunduzgi ta'lim shaklida o‘qish mumkinmi?
😄JAVOB: Qishki qabulda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari kesimida faqat sirtqi ta’lim shakliga hujjatlar qabul qilinadi.
❓SAVOL: Magistratura mutaxassisligida rus, ingliz tillarida guruhlar bormi?
😄JAVOB: Magistratura mutaxassisligi bo‘yicha 10 nafardan ortiq abituriyentlar qabul qilinsa, o‘qish tili ingliz/rus tillarida tashkil etiladi (alohida guruh shakllantiriladi).
❓SAVOL: Bakalavriat yo‘nalishlariga qabul tartibi qanday?
😄JAVOB: Bakalavriat yo‘nalishlarining sirtqi ta’lim shakliga
📌 O‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lgan,
📌 Kamida uch yillik mehnat stajiga ega,
📌 Ish beruvchining maxsus Tavsiyanomasiga ega bo‘lgan abituriyentlar qabul qilinadi.




