Yigit omon bo‘lsa, qo‘rg‘on salomat...
Qutlug‘ sana - Vatan himoyachilari kuni arafasida universitet jamoasidagi faxrli va qadrli erkak-xodimlar uchun bayram tadbiri tashkil etildi.
Anjumanda yurtimizda qat'iyatli, mard, jasur va oriyatli yigitlar bor ekan qo‘rg‘onimiz tinch bo‘lishi e'tirof etildi. Vatanimizning muhtaram posbonlari - erkaklarni ulug‘lovchi she'rlar, qo‘shiqlar ijro qilindi, videotabriklar yo‘llandi.
Bayram tadbiri hazilomuz, tabassum uyg‘otuvchi, ayyom egalari uchun kutilgan va kutilmagan savol-javoblar, tabrik va tilaklar bilan esda qolarli o‘tdi.




