🌐 Bu sana 1995-yilda YUNESKO tomonidan kitoblar va mualliflik huquqini himoya qilish muhimligiga jamoatchilik e'tiborini qaratish maqsadida ta’sis etilgan.
✨ Ushbu kunda quyidagi tadbirlar o‘tkaziladi:
🔹 Kitobxonlik madaniyatini targ‘ib etish va kitob yarmarkalari
🔹 Mualliflik huquqini himoya qilish bo‘yicha seminarlar
🔹 Yangi asarlar va mualliflarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan loyihalar
🔹 Kitob mavzusiga bag‘ishlangan konferensiyalar va ma’ruzalar
📖 Kitoblar bilim manbai, ijodkorlik vositasi va jamiyat taraqqiyotining ajralmas qismi ekanligini unutmaylik. Shu munosabat bilan, barcha kitobsevarlarni kitob o‘qish va bilimlarini boyitishga chorlaymiz!




