📅 1336-yilning shu kuni – 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) yaqinidagi Xo‘ja Ilg‘or (hozirgi Yakkabog‘) qishlog‘ida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur dunyoga keldi.
🏰 U O‘rta, Janubiy va G‘arbiy Osiyo, shuningdek, Kavkaz, Povoljya va Rus tarixida muhim o‘rin tutgan buyuk turkiy hukmdor sifatida tanilgan.
👑 1370-yilda poytaxti Samarqand bo‘lgan Temuriylar saltanatiga asos solgan.
📜 Amir Temur haqida qiziqarli faktlar:
📎 To‘liq ismi – Temur ibn Tarag‘ay Barlos
📎 Sankt-Peterburg Ermitajida uning qarsaqpay yozuvlari saqlanadi
📎 Shatranj (shaxmat) o‘yinining ashaddiy ishqibozi bo‘lgan
📎 1398-1399-yillarda Hindistonni zabt etgan
📎 Hayotidagi eng yirik urush – 7 yil davom etgan Iroq yurishi
📎 1402-yilda Anqara jangida Usmonlilar sultoni Boyazid I ustidan g‘alaba qozongan
📎 Angliya, Fransiya va Kastiliya qirollari unga tabriknoma yo‘llagan
📎 Vizantiya, Xitoy, Misr va boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalar o‘rnatgan
📎 1404-yilda 200 ming qo‘shin bilan Xitoyni ishg‘ol qilishga yo‘l olgan, ammo vafoti tufayli yurish to‘xtagan
📎 Vafotidan so‘ng Samarqanddagi Go‘ri Amir maqbarasiga dafn etilgan
📖 Amir Temur o‘zining ulug‘vor g‘oyalari va harbiy dahosi bilan tarixda o‘chmas iz qoldirdi.




