Talabalar U.Q.Qurbonov nomidagi respublika bolalar ruhiy-asab kasalxonasida amaliyotda bo‘ldilar.
Mashg‘ulotda ular rivojlanishida nuqsoni bo‘lgan bolalar bilan ishlash jarayonini kuzatdilar. Logopedik reabilitatsiya usullari bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, tashxis qo‘yish va kompleks korreksion yordam jarayonlari bo‘yicha mutaxassislar tavsiyalarini tingladilar.
Eng muhimi, talabalar nazariy bilimlarini haqiqiy amaliy jarayon bilan bog‘lash imkoniga ega bo‘lishdi. Uzoq muddat davolanayotgan bolalar uchun tashkil etilgan kasalxonada inklyuziv ta’lim tizimi haqida ham batafsil ma’lumotlar olishdi.
Bu tajriba kelajak logopedlarini insoniylik, sabr va mehr bilan ishlashga o‘rgatuvchi maktab ham bo‘ldi.










