Biznesni boshqarish yo‘nalishi talabasi Asilabonu Hamidovaga Islom Karimov nomli davlat stipendiyasi tayinlandi!
Asilabonu maktabni oltin medal bilan tamomlagan. Universitetda ta’lim va ish faoliyatini a’lo darajada olib bormoqda.
U yaxshi xulqi va ilmli talaba sifatida talaba-do‘stlari, universitet jamoasining hurmatini qozongan.
Coursera, Udemy platformalarida xalqaro kurslarni ijobiy yakunlab, ilmini boyitib boryapti. Iqtisodiyot fanlari doktori Xasan Sabirov ilmiy rahbarligida o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib bormoqda.
Stipendiat talabamizni muborakbod etamiz!




