📌 Dunyo olimlarining qaydlariga ko‘ra, sayyoramizda global tus olgan inqirozlar jami 27 tani tashkil qiladi.
📖 Xalqaro Nordik Universiteti olimlari va mutaxassislari ushbu inqirozlarning kelib chiqish sabablari, davlatlarning ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rgan chora-tadbirlari hamda tarixiy faktlarni chuqur o‘rganmoqda.
📰 Mazkur tadqiqotlar natijalari "Xalq so‘zi" gazetasining “Dunyo inqirozlari: sabablar, oqibatlar va yechimlar” ruknida nashr etilmoqda.
📍 Gazetaning bugungi sonida Sherzod Mustafakulov va Qobiljon Isayev muallifligida chop etilgan “Lola jazavasi" maqolasi Gollandiya lolamaniyasi tafsilotlariga bag‘ishlangan.
📚 Tarixiy voqealar va iqtisodiy inqirozlarning sabablarini chuqur tahlil qilish uchun maqolani o‘qib chiqing!




