Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamkorligidagi uchrashuvda ochiq va samimiy muloqot muhiti yaratildi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Gulshana Xudoyarova va Aziza Aminova, shuningdek, O‘zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi mudiri Dilnoza Tajieva o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.
Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, yangi loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, talabalar tashabbuslarini amaliyotga joriy etish yo‘llari, davlat va yoshlar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama markazida bo‘ldi.
Uchrashuvda bugungi yoshlar faqat bilim oluvchi emas, jamiyatdagi o‘zgarishlar tashabbuskori sifatida shakllanishi zarurligi taʼkidlandi.







