Estoniya Respublikasining Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha favqulodda va muxtor elchisi Janob Yaap Ora hamda Estoniya Tashqi ishlar vazirligining Rossiya, Belarus va Markaziy Osiyo bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Riina Kaljurand xonim muloqotda mintaqaviy jarayonlar, xalqaro ta’lim diplomatiyasining dolzarb jihatlariga to‘xtaldilar.
Estoniyaning raqamli transformatsiya tajribasi va uning jahon miqyosidagi innovatsion modeli, Markaziy Osiyo bilan hamkorlik istiqbollari, jumladan, ta’lim, texnologiya va madaniyat sohalaridagi aloqalar xususida so‘z bordi.
Bu uchrashuv Nordik talabalari uchun diplomatik amaliyot bilan tanishish imkoniyatini ham berdi.













