Ombudsman instituti xodimlari uchun o‘tkazilgan seminarda Oliy Majlisning Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman) Feruza Eshmatova, Finlandiya Adliya vitse-kansleri Mikko Pumalainen hamda Huquq ustuvorligi markazi direktori Tuija Brax ishtirok etib, o‘z tajribalari va ilg‘or amaliyotlarni yetkazdilar.
Finlandiyada Prezident, hukumat va boshqa davlat organlarining ishlarini qonuniylik nuqtai nazaridan tekshirish, shuningdek, sud tizimining mustaqilligini hurmat qilgan holda sud jarayonlarining adolatliligi, fuqarolarning asosiy qonunlari buzilmasligi, ortiqcha buyurokratiyaga yo‘l qo‘ymaslik borasidagi monitoring amaliyoti o‘rganildi.
Seminarda shuningdek, Ombudsman xodimlari qonunchilikdagi so‘nggi yangiliklar yuzasidan taqdimotlar o‘tkazib, inson huquqlari himoyasini yanada takomillashtirish masalalarini muhokama qildilar.










