📌 Xalqaro Nordik universiteti prorektori Odil Qo‘ysinov boshchiligidagi delegatsiya Jyväskylä universitetida trening va amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
🔹 Mazkur mashg‘ulotlar davomida delegatsiya a’zolari Finlandiya ta’lim tizimining ilg‘or yondashuvlarini o‘rganmoqdalar.
🔹 Jyväskylä universiteti tajribasi asosida quyidagi muhim mavzular ko‘rib chiqilmoqda:
✔️ Oliy ta’lim standartlari va malaka talablari
✔️ O‘quv rejalari va fan dasturlari
✔️ Kredit-modul tizimi va mustaqil ta’lim jarayonlari
✔️ Ta’limni raqamlashtirish
✔️ O‘qitish metodikasi va interaktiv metodlarni qo‘llash
📢 Bu treninglar O‘zbekistonda ta’lim jarayonini xalqaro standartlarga moslashtirishga xizmat qiladi!




