🏫 Mamlakatimizdagi barcha o‘quv dargohlarida ta’lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarish – islohotlarning navbatdagi bosqichi hisoblanadi.
🌍 Bu borada rivojlangan davlatlarning ilg‘or tajribalariga tayanilmoqda. Xususan, Finlyandiya bilan ta’lim sohasida keng hamkorlik olib borilmoqda.
🔹 Xalqaro Nordik universiteti O‘zbekiston va Finlyandiyani bog‘lovchi platforma sifatida xizmat qilmoqda.
📰 "Xalq so‘zi" va "Народное слово" gazetalarining bugungi sonida rektorimiz Sherzod Mustafakulovning maqolasi chop etildi. Unda Finlyandiya ta’lim tizimi va uning yurtimiz uchun foydali jihatlari haqida batafsil ma’lumot berilgan.
📌 Maqolani to‘liq o‘qish uchun gazetalarimizni kuzatib boring!




