G‘oyadan startapgacha: auditoriyadan amaliyotga

G‘oyadan startapgacha: auditoriyadan amaliyotga

January 20 , 2026

|

1895

Joriy semestrda “Dizayn fikrlash va servis dizayni” fani doirasida talabalar uchun imtihon startaplar sinovi tarzida tashkil etildi.

Yakuniy nazorat ishi sifatida talabalar real muammolardan kelib chiqib, startap loyihalar ustida ishladilar — isteʼmolchi ehtiyojlari, bozor talabini tahlil qildilar va g‘oyani amalda ishlaydigan biznes modelga aylantirdilar.


Himoya jarayonida g‘oyaning dolzarbligi va muammo yechimi, bozor ehtiyojiga moslik va foydalanuvchi uchun yaratiladigan qiymat, monetizatsiya, loyiha qanday daromad keltirishi, dastlabki xarajatlar va moliyaviy asoslarga eʼtibor qaratildi. 


Himoya jarayoni talabalarga startap ekotizimiga kirish eshigi bo‘ldi. Talabalardan birining loyihasi UzCombinator akseleratsiya dasturiga qabul qilindi. 


Bir nechta talabalar o‘z loyihalarini Mirzo Ulug‘bek vorislari ko‘rik-tanloviga ro‘yxatdan o‘tkazishdi. 


Ushbu tajriba talabalar uchun g‘oyani fan topshirig‘idan loyihaga aylantirish, bilim va ko‘nikmalarini amaliy maydonda sinash hamda kelajakdagi tadbirkorlik yo‘lini aniqlash imkonini berdi.


Fanning maqsadi muammoni yecha oladigan, bozorni tushunadigan va g‘oyasini iqtisodiy jihatdan asoslab bera oladigan mutaxassislarni shakllantirish. 


Natijalar esa:

📈 talabalarning startaplarga bo‘lgan qiziqishi ortdi

🚀 amaliy tayyorgarligi to‘g‘ri yo‘naltirildi.


Kelgusida bu loyihalar rivojlantiriladi, amaliyotga joriy etiladi.

photo-2026-01-20-12-51-16-2
Ko‘rib chiqish
Chop etish

So'nggi yangiliklar

Nordik universitetida magistrlik dissertatsiyalari himoyasi o‘tkazilmoqda

Nordik universitetida magistrlik dissertatsiyalari himoyasi o‘tkazilmoqda

Xususan, Jurnalistika mutaxassisligi magistrantlari bugungi globallashuv va raqamli transformatsiya jarayonlari bilan chambarchas bog‘liq bo‘lgan dolzarb mavzularda olib borgan ilmiy izlanishlari natijalarini taqdim etdilar.


Himoya ishlarida matbuot nashrlarida adabiy targ‘ibot masalalarining yoritilishi, globallashuv sharoitida ommaviy axborot vositalarida manipulyatsiya usullari, sayyohlar oqimini oshirishda travel jurnalistikasining o‘rni, O‘zbekistonda xotin-qizlar ijtimoiy faolligini kuchaytirishda OAVning ta’siri, shuningdek raqamli texnologiyalar davrida media axborotlarini iste’mol qilish transformatsiyasi kabi ilmiy-amaliy ahamiyatga ega mavzular alohida e’tibor markazida bo‘ldi.


Bugungi kunda jurnalistika nafaqat axborot uzatish, balki jamiyatdagi ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish, media savodxonlikni oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini qo‘llab-quvvatlashning muhim vositasiga aylangan. Shu nuqtai nazardan, magistrantlarning ilmiy izlanishlari mamlakat media makonini rivojlantirish va yangi ilmiy maktablarni shakllantirishga xizmat qiladi.


Nordikda barcha mutaxassisliklarda magistrantlar o‘z tadqiqotlarining nazariy asoslari, metodologiyasi va amaliy natijalarini taqdimotlar orqali asoslab bermoqdalar. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari tomonidan ilmiy ishlar sinchkovlik bilan tahlil qilinib, tadqiqotchilar bilan mazmunli savol-javoblar o‘tkazilyapti.


Komissiya a’zolari tomonidan ilmiy ishlarning dolzarbligi, innovatsion yondashuvlari va amaliy ahamiyati e’tirof etilib, magistrantlarga kelgusidagi ilmiy faoliyatlari hamda tadqiqotlarini rivojlantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berilmoqda.

Bolgariyada Work & Travel: yozgi taʼtil — xalqaro tajriba mavsumi

Bolgariyada Work & Travel: yozgi taʼtil — xalqaro tajriba mavsumi

Dastur doirasida 14 nafar talaba xorijga yo‘l oldi. Turizm va mehmondo‘stlik yo‘nalishida tahsil olayotgan yoshlar endi auditoriyada olgan bilimlarini xalqaro ish muhitida amaliyot orqali mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.


Bu safar ular uchun sayohat, yangi tajribalar, kasbiy ko‘nikmalar va xalqaro mehnat muhitini o‘rganish maktabidir.


Talabalar Bolgariyada ishlash, o‘rganish va sayohat qilish orqali o‘z sohalariga oid qimmatli tajribalarni jamlab, xalqaro maydonda raqobatbardosh mutaxassis bo‘lib qaytadilar.

Nordik hayotiga fayz olib kirayotgan yoshlar — e’tirofda!

Nordik hayotiga fayz olib kirayotgan yoshlar — e’tirofda!

Ular turli tadbirlar, loyihalar va tashabbuslari orqali talabalarni birlashtirib, universitet hayotini yanada qiziqarli, rangli va jonli qilishga munosib hissa qo‘shdilar.


Har bir g‘oya, har bir tashabbus va har bir ezgu mehnatingiz uchun rahmat!


Sizlar Nordikning eng faol, eng shijoatli va eng ilhomlantiruvchi yoshlari sifatida barchaga o‘rnak bo‘lib kelmoqdasiz.


👏 Mehnatingiz biz uchun qadrli! Yutuqlaringiz bardavom, orzularingiz yanada ulkan bo‘lsin!

Eshitishdan imkoniyatgacha: xalqaro tajriba va yangi hamkorliklar

Eshitishdan imkoniyatgacha: xalqaro tajriba va yangi hamkorliklar

Tadbirda Turkiyaning tajribali mutaxassislari, xususan, Esra Yücel ishtirok etib, ilg‘or tajriba va innovatsion metodlarni taqdim etdi.


Seminarda Nordik universitetining “Maxsus pedagogika" (logopediya) yo‘nalishi faoliyati ham namoyish etildi. Universitet katta o‘qituvchisi Zulfizar Baxadirovaning taqdimoti xorijlik mutaxassislarda katta qiziqish uyg‘otdi.


Anjuman natijasida yangi o‘quv yilidan ilmiy tajriba almashish maqsadida Hacettepe University bilan hamkorlik istiqbollari belgilandi. Turkiya mutaxassislari va “INVIVO” klinikasi bilan koxlear implantli bolalarga korreksion yordam ko‘rsatishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi. Bu esa maxsus pedagogika, logopediya va surdopedagogika yo‘nalishlarida yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.


Seminar davomida talabalarga eng zamonaviy xalqaro metodikalar o‘rgatildi, universitet kutubxonasi esa yangi ilmiy adabiyotlar bilan boyitildi.

Universitetning Telegram'dagi rasmiy kanalini kuzatib boring

YouTube kanalimizga obuna bo'ling

Facebook sahifamizni kuzatib boring

LinkedIn profilimizga ulanish