🎓 Xalqaro Nordik universitetida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ilm-fan va innovatsion faoliyatni rivojlantirish boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida ilmiy seminar-trening o‘tkazildi.
📌 Seminar-trening davomida quyidagi mavzular muhokama qilindi:
🔹 Fundamental, amaliy va innovatsion loyihalarni tayyorlash jarayoni
🔹 Loyihalarni amaliyotga joriy etish mexanizmlari
🔹 Ilmiy tadqiqotlar uchun grantlar va moliyalashtirish imkoniyatlari
🔹 Loyihalarning samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar
📖 Ushbu tadbir ishtirokchilarga ilmiy va innovatsion loyihalar tayyorlash hamda grantlarda muvaffaqiyatli ishtirok etish borasida amaliy bilim va ko‘nikmalar berdi.




