Talaba-yoshlarning ma’naviy immunitetini mustahkamlash, ularni turli zararli g‘oya va mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
Tadbir mehmoni — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi Abdug‘affor Qayumov talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida jaholat va radikalizmning jamiyat taraqqiyotiga tahdidi, yoshlar ongini yot g‘oyalardan asrash yo‘llari, ilm-fan va tafakkurning hal qiluvchi o‘rni, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik masalalari keng muhokama qilindi.
Savol-javoblarga boy, interaktiv ruhdagi suhbat talabalarda tanqidiy fikrlashni kuchaytirib, sog‘lom dunyoqarashni mustahkamladi.




