“Komil inson, mahoratli mutaxassis va shaxs” mavzusida o‘tgan mazkur dars ilmiy-motivatsion maydonga aylandi.
Trenerlar — Nordik universiteti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori, professor Odil Qo‘ysinov hamda Pedagogik ta’lim va psixologiya kafedrasi professori Sherali Abduraimov ishtirokchilarga zamonaviy ta’lim falsafasi mazmun-mohiyatini tahliliy yondashuvlar bilan ochib berdilar.
Ochiq muloqot formatida o‘tgan dars davomida ta’lim islohotlarining amaliy natijalari, Finlandiya tajribasi va xalqaro standartlarga asoslangan yondashuvlar, real keyslar asosidagi yechimlar muhokama qilindi.
Shuningdek, Xalqaro Nordik universitetining zamonaviy ta’lim xizmatlari, kadrlar tayyorlash va malaka oshirishdagi innovatsion yondashuvlari, qo‘shma dasturlar hamda stajirovka imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
Mahorat darsida Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari hamda amaliyotchi mutaxassislar faol ishtirok etib, nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirish bo‘yicha muhim tavsiyalar oldilar.




