Konferensiyada O‘zbekistonning yetakchi oliygohlaridan tashrif buyurgan Musiqa ta’limi va san’at magistratura mutaxassisligi iqtidorli talabalari, professor-o‘qituvchilar ishtirok etdilar.
Yalpi yig‘ilish ochilishida Nordik rahbariyati, “Musiqa ta’limi” kafedrasi mudiri, professor Qurbonniyoz Panjiyev musiqa ta’limi va san’atining bugungi globallashuv davridagi ahamiyatiga to‘xtaldi.
Tadbir davomida respublika oliygohlari magistrantlari tomonidan amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari keng muhokama qilindi. Xususan, musiqashunoslik, etnomusiqashunoslik, musiqiy-nazariy fanlarni o‘qitishda innovatsion ta’lim texnologiyalari,
mustaqil ta’limni tashkil etishning samarali usul va vositalari, ijrochilik an’analari, pedagogik kadrlar tayyorlashning muammo va yechimlari kabi qator mavzularda qizg‘in muhokamalar bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilish yakunida sho‘ba raislarining hisobotlari tinglandi va eng faol ishtirokchilar taqdirlandilar.










