Ular nafaqat o‘qish jarayonida faol, balki universitetning global ahamiyatli loyihalarida ham ishtirok etishmoqda.
Xususan, ekotizimni asrashga qaratilgan tashabbusda qatnashib, mahalliy televideniyega intervyu berishdi.
Tabiiy qo‘riqxonalar va sayyohlik manzillari, mashhur Langkawi oroliga sayohat qilib, go‘zalliklardan bahramand bo‘lishdi va tabiatni asrashga hissa qo‘shishdi.
Shuningdek, batik bo‘yash san’atini o‘rganib, madaniy ramzlar tushirilgan noyob matolar tayyorlashdi. O‘ziga xos yangi madaniyat, yangi turmush tarzi talabalarimizda katta qiziqish va hurmat uyg‘otmoqda.




