Assalomu alaykum, hurmatli universitetimiz rektori, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sherzod Mustafakulov, jonkuyar ustozlar va qadrli jamoa!
🎓 Biz, Boshlang‘ich ta’lim (sirtqi) 1-MBT-22 guruh talabalari, universitetimizdan uyga kuchli his-xayajon va qalbimiz to‘la faxr, quvonch bilan qaytdik.
📌 Sizlardan olgan bilimlarimiz bilan sessiyani yaxshi natijalar bilan yakunlaganimiz bizni xursand qilgan bo‘lsa, biz - talabalarga bo‘lgan hurmat va e’tibor ko‘nglimizni yanada yuksaltirdi.
💝 O‘qishning birinchi kunidan berilgan esdalik sovg‘alari, kursdoshlar davrasidagi mazali tushlik unutilmas lahzalarga aylandi.
🌍 Ayniqsa, sessiyadan so‘ng poytaxtimiz markazidagi "Adiblar xiyoboni", Islom Karimov nomidagi majmua va "Magic City"ga uyushtirilgan sayohat biz uchun katta taassurot qoldirdi.
🤝 Universitet muhitida kursdoshlarimiz bilan yanada yaqindan tanishib, vaqtimizni mazmunli o‘tkazdik.
✨ Fursatdan foydalanib, Xalqaro Nordik Universiteti rahbariyati va jamoasiga o‘zimizning chuqur minnatdorchiligimizni bildiramiz!
🎓 Hurmat bilan, 1-MBT-22 guruh talabalari nomidan Nodira Umarova.




