📌 Universitetimizda Toshkent davlat texnika universitetining Energetika fakulteti "Issiqlik energetikasi" kafedrasi assistentlari Dilshod Rahmatov va Xusniddin Abduxalilov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
🌱 Uchrashuvda quyidagi mavzular muhokama qilindi:
✅ Universitetda muqobil energetika texnologiyalarini joriy etish
✅ Quyosh energiyasi panellaridan foydalanish bo‘yicha takliflar
✅ Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining afzalliklari va samaradorligi
⚡ Mazkur tashabbus universitetning energiya samaradorligini oshirish va ekologik barqarorlikka erishish yo‘lida muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.




