Universitetimizda O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, ko‘plab san'at namoyandalarining ustozi, el suygan va nazarga tushgan san'atkor Munojat Yo‘lchiyeva bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Anʼanaviy xonandalik va maqom sanʼati namoyandasi Munojat Yo‘lchiyeva bilan universitetimizda yangi ochilgan Musiqa ta'limi yo‘nalishi talabalariga sifatli ta'lim berish borasida fikr almashildi.
Bu ustoz san'atkor, faxriy professor universitetimiz ta'lim jarayonida bevosita ishtirok etib, talabalarimizga kasb sirlarini o‘rganishlarida ustozlik qiladi.




