Parlamentlararo Ittifoq Assambleyasida ishtirok etgan 30 nafar nufuzli delegat universitetimizda samimiy kutib olindi, milliy madaniyatimiz va zamonaviy taʼlim muhiti bilan tanishdi.
Delegatsiya aʼzolari Nordikda Finlandiya hukumati tomonidan taqdim etilgan ko‘rgazma - buyuk fin sayyohi Mannergeym fotosuratlari bilan tanishtirildilar.
Milliy liboslar, tandirdan issiq uzilgan ko‘k somsalar, bahor shukuhi va Nordik taronalari, milliy va yevropa kuylariga zavqli raqslar - bu tashrifdan unutilmas xotiralar uyg‘otdi. Mehmonlarning hayratlari va iliq taassurotlari Dil izhorlari kitobidan joy oldi.
Nordik davlatlari va Nordik universiteti o‘rtasida do‘stlik ko‘prigi barpo etildi.
















