U Nagoya universitetining Pedagogika va inson resurslarini rivojlantirish oliy maktabining 3 yillik tadqiqot granti sohibiga aylandi. Tadqiqot sohasi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar mustaqil ta’limi samaradorligini oshirishda miqdor va sifat muvozanati hamda baholash mexanizmlari” yo‘nalishida bo‘lib, zamonaviy ta’lim tizimida talabalarning mustaqil o‘qish jarayonini takomillashtirish va samaradorlikni oshirishga qaratilgan.
Dastur qoidalariga ko‘ra, grant sohiblari o‘z faoliyatlaridan ajralmagan holda uch yil davomida Nagoya universitetida intensiv ilmiy tadqiqotlar olib boradilar va natihalarini taqdim etib boradilar.
Ushbu yutuq Xalqaro Nordik universiteti professor-o‘qituvchilari va tadqiqotchilari uchun xalqaro ilmiy maydonda yangi imkoniyatlar eshigini ochishi bilan ahamiyatlidir.




