Universitet rahbariyati ular uchun qulay akademik muhit, ilmiy rahbarlik va rivojlanish imkoniyatlarini yaratmoqda.
Rektor Sherzod Mustafakulov yosh olimlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tadqiqotchilar, doktorantlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida dolzarb ilmiy izlanishlar, xalqaro indeksatsiyalangan nufuzli jurnallarda maqolalar chop etish, grant va loyihalarda ishtirok etish imkoniyatlari, shuningdek, doktorantlarning ilmiy salohiyatini oshirish va ularni tizimli qo‘llab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama qilindi.







