Treninglarda yuqori ta’sirli amaliyotlar, sinfdan tashqarida o‘rganish va xizmatga yo‘naltirilgan o‘quv modullari bo‘yicha yangi ko‘nikmalar egallandi.
Delegatsiya a’zolari universitetning ta’lim fakulteti faoliyati bilan yaqindan tanishib, zamonaviy pedagogik yondashuvlar va amaliy tajribalarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ldi.
Shuningdek, ular kelajakni shakllantiruvchi ta’lim dasturlari bilan tanishdilar: global transformatsion yondashuvlar va New Pedagogies for Deep Learning (NPDL) kompetensiyalari bo‘yicha interaktiv treninglarda ishtirok etdilar. Bu dastur chuqur o‘rganish, kreativ fikrlash va innovatsion pedagogikani rivojlantirishga qaratilgan.
Diqqatga sazovor jihati, nazariy bilimlar bilan bir qatorda ilg‘or amaliy pedagogik tajribalar bevosita qo‘llab ko‘rimoqda. Malayziyalik ustoz-trenerlar delegatsiyamizga yaqin hamkor sifatida katta ehtirom va cheksiz hurmat ko‘rsatishmoqda.







