Uchrashuv davomida universitet rahbariyati tomonidan Nordik faoliyati, ta’lim yondashuvlari va xalqaro hamkorlikdagi erishilgan natijalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi.
Nufuzli mehmon universitetning barqaror rivojlanish modeli, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va akademik maydondagi o‘rniga alohida e’tibor qaratdi.
Muloqot davomida Norvegiyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ilmiy-tadqiqot va innovatsion loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro almashinuv dasturlarini yo‘lga qo‘yish kabi ustuvor masalalar muhokama etildi.
Tomonlar ta’lim va innovatsiya sohasida loyihalar amalga oshirish, hamkorlikni kengaytirish yuzasidan ham fikr almashdilar.







