Rovanning qabul strategiyasi, onlayn ta’lim, brendni rivojlantirish va marketing bo‘limini boshqaruvchi vitse-prezident Darren Wagner talabalarga AQShda o‘qish imkoniyatlari, qabul va ro‘yxatdan o‘tish jarayonlari, onlayn ta’lim va grant dasturlari, talaba almashinuvi imkoniyatlari haqida keng ma’lumot berdi.
Vitse-prezident bitiruvchilar uchun xalqaro tajriba orttirish, muvaffaqiyat yo‘llari va karyera imkoniyatlari, yetakchi kompaniyalar hamda nufuzli universitetlarda faoliyat yuritish borasida muhim tavsiyalarini yetkazdi.
Uchrashuv davomida u marketing va biznes boshqaruvi bo‘yicha ko‘p yillik o‘z tajribasi bilan bo‘lishdi. Tadbir savol-javoblarga boy, erkin va samimiy ruhda o‘tdi.







