Kitobda qayd etilgan masalalar, ilmiy tadqiqot natijalari va xulosalardan talabalar va amaliyotchi-mutaxassislar keng foydalanishlari mumkin (muallif - Baxtigul Tolipova).
🚀 "Biznes asoslari" - professor-o‘qituvchilar, tadqiqotchilar va keng kitobxonlar ommasi uchun mo‘ljallanib, iqtisodiyot va biznes sohasida nazariy va amaliy bilim berish, biznes g‘oyalarini rag‘batlantirish va amaliyotga tatbiq etishda muhim qo‘llanma vazifasini o‘taydi (mualliflar - G.Husanova, X.Tolibjonov).
✨ "Maktabgacha taʼlim asoslari" - Maktabgacha taʼlim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan bo‘lib, bog‘chada taʼlim-tarbiya jarayonini tashkil etish, tarbiyachilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish va maʼnaviy-axloqiy fazilatlarini shakllantirishda muhim manbadir.(muallif - Dilafruz Mahmudova).
🎼 "Orkestr sinfi" - Musiqa taʼlimi yo‘nalishi talabalari uchun mo‘ljallangan o‘quv qo‘llanma. Unda orkestr sanʼatining nozik jihatlari, dirijyorlik mahorati xususiyatlari ochib berilgan. Bu qo‘llanma yuksak isteʼdod sohiblarini tayyorlashga xizmat qiladi (muallif - I. Ro‘zimurodov).







