Markaziy Osiyo va Xitoy bo‘ylab sayohat qilishga imkoniyatingiz bo‘lsa avlodlar uchun nima qilgan bo‘lar edingiz yoki nima qoldirardingiz?
Bundan yuz yil avval sayohat qilgan fin sayyohi Karl Gustav Mannergeym oson bo‘lmasa ham o‘sha davr haqida tasavvur beradigan noyob suratlar olib qoldirgan. Madaniyatlarni rasmlarga muhrlab qo‘ygan.
Nordik universitetida namoyishi davom etayotgan ushbu suratlar ko‘rgazmasi bilan sizning ham tanishish imkoniyatingiz bor!
Bugun JIDU Akademik litseyi o‘quvchilari tarixiy noyob suratlar bilan kelib tanishib ketdilar.
O‘z davrining To‘marisi - "Oloy malikasi", "Xalq onasi" nomi bilan tanilgan Qurbonjon dodxohni qanday tasavvur qilasiz?
📸 Nordikdagi ko‘rgazmada uning asl suratini ham ko‘rsangiz bo‘ladi.




