⚡️Nordikda xushxabarlar seriyasi davom etmoqda!
Xorijiy til yo‘nalishi talabasi Nozima Shavkatova Koreya hukumatining eng nufuzli stipendiyalaridan biri (GKS)ni qo‘lga kiritdi.
Koreyaning Xalqaro taʼlim bo‘yicha milliy instituti stipendiya dasturi talabamizga 2-semestrni universitetimiz hamkori - Daegu universitetida bepul o‘qish imkoniyatini taqdim etadi.
Uning Koreyada yashash, taʼlim olish va koreys tilini o‘rganishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar dastur tomonidan qoplanadi.
Nozima dunyo bo‘ylab eng ilg‘or talabalardan biri sifatida tanlandi. Uni oldinda Janubiy Koreya davlati bilan yaqindan tanishish va nufuzli universitetda zamonaviy dasturda o‘qish kutmoqda!




