Prezidentimizning mamlakatimizda intellektual va ma'naviy salohiyati yuksak yangi avlod kadrlarini tayyorlashga qaratilgan ezgu tashabbuslari ta'lim sifatini yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bu borada xalqaro hamkorlikka, jumladan Finlandiyaning ilg‘or tajribasini o‘rganishga e'tibor qaratilyapti.
Xususan, maktablarga fin standarti bo‘yicha tayyorlangan darslik kitoblar keltirilgani, poytaxtimizda Finlandiyaning oliygohi - Xalqaro Nordik universiteti ochilgani, universitetga fin ekspert-pedagoglari taklif etilib, o‘qituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan seminar-treninglar tashkil etilayotgani amaliy ishlar sirasidandir.
"Xalq so‘zi" va "Народное слово" gazetalarining bugungi - 29-noyabr kungi sonida "Finlandiya tajribasi: markaziy o‘quv rejaga asoslangan ta'limdan markazida o‘quvchi turuvchi ta'lim tizimi sari" sarlavhali maqolada bu boradagi ishlar bilan batafsil tanishish mumkin.




