Nordik universitetida mashhur o‘zbek va qoraqalpoq opera xonandasi, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston Xalq artisti Jenisbek Piyazov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Universitet rahbariyati va Jenisbek Piyazov o‘rtasida kechgan suhbatda Nordik universitetining Musiqa taʼlimi yo‘nalishi va mutaxassisligida sifatli taʼlim masalalarida so‘z bordi.
Jenisbek Piyazov talaba-yoshlarning sanʼat, madaniyat, musiqa sohasidagi iqtidor va qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarishda maslahatdosh bo‘lishga tayyorligini maʼlum qildi.
El suygan sanʼatkor talabalarga musiqa sirlarini o‘rgatishda zarur tavsiyalari bilan bo‘lishdi. Musiqa taʼlimi kafedrasi jamoasi bilan ham samimiy suhbatda bo‘ldi.




