🎓 Xalqaro Nordik Universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan yangi ishlab chiqilgan metodik qo‘llanmalar tuhfa etildi.
📖 Asosiy ta’lim manbalari:
📌 "O‘zbekistonda oliy ta'lim: 100 savolga 100 javob" metodik qo‘llanmasi – ta’lim shakllari va kadrlar tayyorlashga oid barcha dolzarb savollarga javob beruvchi muhim manba.
📌 Oliy ta’lim muassasalari uchun metodik qo‘llanmalar to‘plami – universitet faoliyatini takomillashtirish, ustozlar va talabalar uchun zarur ilmiy tavsiyalar, hamda mustaqil ta’limni tashkil etish bo‘yicha batafsil ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan.
🎯 Mazkur metodik qo‘llanmalar oliy ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi!




