Dunyoning ko‘plab mamlakatlari sahnalarini o‘z ovozi bilan zabt etgan isteʼdodli xonandaning har bir ijrosi sevib tinglandi. Uning yumorga boy tabiati barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Konsert repertuaridan o‘rin olgan, dunyo tillarida yangragan mashhur operalardan ariyalar Musiqa taʼlimi yo‘nalishi talabalari uchun o‘ziga xos master-klass vazifasini ham o‘tadi.
Konsert davomida Jenisbek Piyazovning isteʼdodli shogirdlaridan biri Yasmina Xusniddinovaning chiqishi, ayniqsa super ijro bo‘ldi!
O‘zbek va qoraqalpoq opera xonandasi, O‘zbekiston, Qoraqalpog‘iston, Boshqirdiston va Tatariston Xalq artisti, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining maslahatchisi Jenisbek Piyazovga Xalqaro Nordik universiteti "Faxriy professori" unvoni tantanali topshirildi.




