🧑🏫 Nizomiy nomidagi TDPU dotsenti Mavluda Mutalipova qozog‘istonlik pedagoglarning mahorati va ijodkorlik bo‘yicha malakalarini oshirmoqda.
📚 Ushbu o‘quv kursi doirasida ishtirokchilar quyidagilar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar:
🔹 Pedagogik ta’sir ko‘rsatish usullari
🔹 O‘quvchilarning ijodiy va tanqidiy fikrlashini rivojlantirish
🔹 Dars jarayonida interaktiv metodlarni qo‘llash
🔹 O‘qituvchining yetakchilik va motivatsiya berish qobiliyatlari
📌 Mazkur trening qozog‘istonlik pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga va zamonaviy ta’lim metodlarini o‘zlashtirishlariga ko‘maklashadi.




