Yurtimizning barcha hududlaridan saralab olingan fidoyi ustozlar adabiyotshunos mutaxassislar tomonidan tayyorlangan, topshiriq varaqasini tanlash asosida tanlangan "Yuragida Vatan, dilida xalq: Erkin Vohidov asarlarida milliy ruh ifodasi" mavzusida insho yozdilar. Baholash mezonlari - til bilimi, savodxonlik, adabiy tahlil ko‘nikmasi, badiiy tafakkur va ijodiy yondashuv darajasini aniqlashga qaratilmoqda.
Shuningdek, ishtirokchilar o'zbek tili va adabiyoti fanidan yopiq test topshiriqlarini bajardilar.
Olimpiada barcha uchun teng sharoitlarda, nazoratchilar kuzatuvida shaffof o‘tkazildi.













